Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G‘.Axmedov tomonidan “Yangi hayot” mahallasi ijtimoiy xodimi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati, ularning mavjud muammo va ehtiyojlarini o‘rganish, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarining ijrosi va ularning muammolarini hal etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3