Yangiliklar

💰 “INFRA TUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK” JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

#Doimiy_komissiya



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanish holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining belgilangan yo‘nalishlar asosida shakllantirilishi va sarflanishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali yo‘naltirilishi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, mablag‘lardan foydalanish bilan bog‘liq hujjatlar, moliyaviy ko‘rsatkichlar hamda amalga oshirilgan ishlarning belgilangan maqsadlarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi hamda jamg‘arma mablag‘laridan oqilona, shaffof va maqsadli foydalanish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3