Yangiliklar

🔰Deputat va mahalla “yettiligi” hamkorligi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Meliyev hamda mahalla “yettiligi” hamkorligida 7-“M.Ulug‘bek” saylov okrugi hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi bandligini ta‘minlash borasidagi ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

🔸O‘rganishlar davomida ishsizlik hamda kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish va muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha real holat tahlil qilindi. Yakunda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸Deputat va mahalla “yettiligi”ning bunday yaqin hamkorligi aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni tezkor va joyida hal etishga xizmat qiladi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook