Ijtimoiy reyestrda turuvchi oilaning ijtimoiy-maishiy holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Z. Rahimova Bog‘zor mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi I. Xolmatova bilan hamkorlikda Ijtimoiy reyestrda turuvchi, Vatanparvar ko‘chasi, 123-uyda istiqomat qiluvchi Ibrohimova Shamsiya xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy va oilaviy holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida xonadonning yashash sharoiti, oilaning kundalik ehtiyojlari, mavjud muammolari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Fuqaroning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oilani manzilli ijtimoiy himoya bilan ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.