Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining o'ttiz oltinchi sessiyasi 23-Sentabr kuni bo'lib o'tadi.
📆 Kun tartibidagi asosiy masalalar:
1-masala
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsum yakuni ovoz berish bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarni “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida hamda Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
2-masala
Olmazor tumani Tibbiyot birlashmasining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
3-masala
Olmazor tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari hamda aholining xar xil kasalliklarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
4-masala
O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Olmazor tumani bo‘limi tomonidan 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti
📌 Sessiya davomida aniqlangan muammolarni hal etish, hududda qonun ustuvorligini mustahkamlash va mas’ullarning hisobdorligini oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!