Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni amaliy hal etish yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugidan saylangan deputati A.Mustafakulov tomonidan shahardagi “Gulira’no” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, mahallaning “Saxovat” (Oxunboboyev) ko‘chasida ichimlik suvi quvurining yorilishi natijasida yuzaga kelgan holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida muammo yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘planib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, ichimlik suvi quvuridagi nosozlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.