35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qoʻshkoʻpirda paxtachilik va urugʻchilik sohasidagi qonunchilik ijrosi oʻrganildi

Qoʻshkoʻpirda paxtachilik va urugʻchilik sohasidagi qonunchilik ijrosi oʻrganildi

Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi raisi M.Tangriberganov hamda “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiya raisi N.Baymuratova tumanda paxtachilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-521-sonli “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik oʻrganishini oʻtkazdilar.
Monitoring jarayonida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samadorligi, urugʻlik paxta fondini shakllantirish, sifat koʻrsatkichlarini oshirish va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishi holati atroflicha tahlil qilindi. Qishloq xoʻjaligida innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda agrar sohada belgilangan davlat siyosatining ijrosini tuman darajasida taʼminlash yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud masalalar yuzasidan tizimli deputatlik nazorati oʻrnatildi.

Slide 1 of 1