Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
🗣Termiz shahrida deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tizimli o‘rganish, qonunlar ijrosini joylarda tahlil qilish hamda fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida Termiz shahar Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
💬Ushbu o‘rganish shunchaki rasmiy uchrashuv emas, balki sohadagi eng muhim ikki qonunning joylardagi real ijrosini tahlil qilishga qaratildi:
📄O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” 2017-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-443-sonli Qonuni talablaridan kelib chiqib, quyidagilar ko‘rib chiqildi:
🟢Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;
🟢Yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini oddiy fuqarolarga, ayniqsa, mahallalarda “xonadonbay” yetkazish tizimi;
🟢Davlat organlarida huquqiy axborotdan foydalanish va uni tushuntirish darajasi.
📄O‘zbekiston Respublikasining dagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-848-sonli Qonuni talablari asosida quyidagilar tahlil qilindi:
🟢Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda qonunda belgilangan boshqa toifadagi fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam (shu jumladan, advokat xizmati) ko‘rsatish tizimining shaffofligi;
🟢Fuqarolarning ushbu tizim orqali huquqiy himoyaga ega bo‘lish imkoniyatlari hamda murojaatlarning adolatli ko‘rib chiqilishi;
🟢Sohada inson omili va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida axborot tizimlarining (elektron platformalarning) yo‘lga qo‘yilishi holati.
🫥Muloqot davomida mas'ullar adliya organlari nafaqat davlat idoralari hujjatlarini ro‘yxatga oluvchi, balki oddiy xalqning huquqiy qalqoniga aylanishi lozimligini ta’kidladi.