Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mudiri Mahmud Ollaquliyevich Tangriberganov hamda 9-Sherobod saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi Azizbek Qahramonovich Erkinov tomonidan Mehnatobod MFY raisi Komil Ro‘zimboyevich Qurbonov bilan hamkorlikda Ijtimoiy himoya yagona reyestrida bo‘lgan II guruh nogironi Madrahimov Oybek Jumyozovichning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqaroning turmush sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari hamda mavjud muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va muammolarini manzilli hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.