35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
**Kelajak soati darslari — yoshlar tarbiyasida muhim siyosiy-ma’rifiy qadam**
янв.21
### Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
### **Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi**
янв.21
## **“Bilimlar kuni” munosabati bilan tadbirda ishtirok etildi**
янв.21
### Savdo shoxobchalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari sifati va narxlari o‘rganildi
янв.21
### **Aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashga e’tibor qaratildi**
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida munosib e’tirof
янв.21
### Maktabning yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
### “Open budjet” jarayonida aholi faolligi oshirilmoqda
янв.21
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi F.Alimov Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Sh. Shoymardanov va B. Xoliqovlar bilan hamkorlikda tuman veterinariya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish jarayonida 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–680-son Qonun talablarining tumanda ijro etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish maxsus tuzilgan so‘rovnoma asosida tashkil etilib, unda dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, elektron reestrni yuritish, yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish, yer munosabatlarida qonun talablariga rioya etilishi kabi masalalar qamrab olindi.

Shuningdek, dehqon xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, hosildorlikni oshirish, mahsulotlarni saqlash va sotish, issiqxona xo‘jaliklaridan samarali foydalanish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, urug‘lik, ko‘chat va mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash, sug‘orish suvi hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligi, yaratilayotgan ish o‘rinlari, ishlab chiqarish va daromad ko‘rsatkichlari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, mahsulotlarni sotishdagi mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida dehqon xo‘jaliklarining reestri, yer uchastkalarini ajratishga oid hujjatlar, kadastr va statistik ma’lumotlar, kreditlar, sug‘orish-melioratsiya ishlari hamda sohaga oid murojaatlar tahlil qilinishi belgilandi.

Nazorat-tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 1