Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi 444-sonli Qonuni , muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. Qonunning asosiy maqsadi — bolalarni zoʻravonlik, shafqatsizlik, giyohvandlikni targʻib qiluvchi va boshqa salbiy taʼsir koʻrsatuvchi axborotlardan himoya qilishdan iborat. Deputat Toʻlqin Joʻrayev tomonidan ushbu qonun mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, ayniqsa, ota-onalar va yoshlar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Unutmang! Bolaning maʼnaviy va ruhiy sogʻlomligi — jamiyat kelajagining poydevoridir.