Yangiliklar

Qonun ijrosi amalda

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyoqubova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Oshoq qal’a mahallasida joylashgan “Oila va xotin-qizlar maskani”da davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mahalla xotin-qizlar faollari hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. 

Slide 1 of 1