#deputatlik_faoliyati
Deputatlar tomonidan aholi bandligi masalalari o‘rganildi
Tuman Kengashi deputatlari A.Altinov, B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida bo‘lim mutasaddilari tomonidan hududda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi yuzasidan axborot berildi.
✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!