Bugun Olmaliq shahar 2-sonli texnikumida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda xalq vakillari va mutasaddilar ishtirok etishdi:
Sevara Qodirova— Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri;
Muhiddin Abdullayev — Shahar Kengashi deputati;
Muhriddin Begmatov — Kotibiyat bosh mutaxassisi.
O‘rganish davomida texnikumda qonun ustuvorligini ta’minlash, o‘quv jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi va ta’lim sifatini oshirish masalalari tahlil qilindi.
Muhokama markazida:
Soha mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim dargohida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.