Yangiliklar

Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov deputatlikka saylangan hudud — Xosiyon mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda tuman prokurori Bobirbek Matrasulov ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar yuzasidan murojaatlarini bayon qildilar. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda joylarda dolzarb masalalarga tezkor yechim topishga xizmat qildi.

Slide 1 of 1