Yangiliklar

JAMOATCHILIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, 11-Qoʻlichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan tumandagi 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Nazorat-tahlil tadbiri davomida muassasada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurilish ishlarining sifati, belgilangan meʼyor va talablar asosida bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. O‘rganish yakunida masʼullar tomonidan obyektda olib borilayotgan ishlar belgilangan talab darajasida va sifatli topshirilishi maʼlum qilindi.

Slide 1 of 5