Yurtimizda yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, Muhtaram Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva o‘z saylov okrugidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida:
Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar uchun yaratilgan 32 ta imkoniyat va imtiyozlar mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirish berildi hamda
▫️ yoshlarning muammo va takliflari tinglandi;
▫️ bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi;
▫️ ta’lim, grant va imtiyozli kreditlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat e’tiborga olinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar bilan ishlash — bu kelajakka investisiya!