Yangiliklar

“Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

“Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston “Adolat” SDP Qo‘shko‘pir tumani Kengashi tomonidan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tumandagi 18-son umumta’lim maktabida tashkil qilindi.

Tadbirda Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari Ismoilova Ruxiya hamda Ro‘zmetova Gulsaralar ishtirok etdilar. Tadbir davomida firibgarlikning turli ko‘rinishlari, ularning oldini olish choralari hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 1