Muhtaram Shavkat Mirziyoyev tomonidan payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangani ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova o‘z saylov okrugi Pillakor mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish hamda davlat dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ijrosi nazoratga olindi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot — amaliy natija garovidir.