Kun tartibida Vobkent tumanida sogʻliqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordamni koʻrsatilishining holati boʻyicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha Vobkent tumanida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman tibbiyot birlashmasi vakilining hamda Vobkent tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar, yosh avlodni yuksak bilim-maʼrifat egalari etib tarbiyalash boʻyicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi vakilining hisobotlari atroflicha muhokama qilindi. Muhokama jarayonida mazkur masalalar yuzasidan qilinishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari O.Baqoyev, T.Joʻrayev, Sh.Ergashev, A.Mardonovlar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.