Yangiliklar

Bemorlar xolidan xabar olindi

 Xaiq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, u yerda davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi. 

Tashrif davomida hokim bemorlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning salomatligi, davolanish jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati, muassasada ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.  

Slide 1 of 1