Yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov Ipak yo‘li MFYda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuv davomida yo‘llar, yashash hududlari va jamoat joylarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi. Deputat ishlarning sifatli bajarilishini shaxsan nazorat qilishini ta’kidladi.

Mazkur tashabbuslar mahalla hududini tartibga keltirish, yashash muhitini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Slide 1 of 4