Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
05 октябр 2026

Ijtimoiy реестрdagi oilalar e’tiborda

imgXalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I.Abdullayeva Kenagas mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Sh.Quryozov bilan birgalikda Hamkor ko‘chasi, 54-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi Rahimova Ziynatjon Qodirberganovnaning xonononida bo‘lib, oilaning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoitini yaqindan o‘rgandi. O‘rganish jarayonida fuqaroning mavjud muammolari, ehtiyojlari va qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Оilalar holidan xabar olindi

imgХalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati O.Artiqova tomonidan “Koʻktom” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish orqali aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shu maqsadda Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati O.Artiqova “Koʻktom” mahallasida boʻlib, Oltinkoʻl koʻchasi 7-uydagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan hamda davlat taʼminotida boʻlgan fuqaro Gʻuzal Rahimova xonadonida boʻldi. Deputat tashrif chogʻida mazkur oilaga davlat koʻmagida subsidiya asosida 7 kVli quyosh paneli oʻrnatilganligini koʻzdan kechirib, uning afzalliklari va ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganish davomida xonadon egasiga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar hamda yashil energiyaning afzalliklari yuzasidan fikr almashildi.

QONUN IJROSI OʻRGANILDI

imgXalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati I.Abdullayeva tomonidan “Kenagas” hududidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida qonun ijrosi oʻrganildi.   Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati I.Abdullayeva “Kenagas” hududida joylashgan 11-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-yanvardagi OʻRQ-1111-sonli “Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini oʻrgandi. Oʻrganish davomida qonun normalarining mazmun-mohiyatini maktab jamoasi va oʻquvchilarga yetkazish, pirotexnika buyumlarining inson salomatligi, atrof-muhit hamda jamoat xavfsizligiga yetkazishi mumkin boʻlgan jiddiy zararlarining oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining holati koʻzdan kechirildi. Shuningdek, taʼlim muassasasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oʻquvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish hamda masʼul shaxslarning bu boradagi majburiyatlari yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Bu kabi deputatlik nazorati tadbirlari joylarda qonunlarning ishlashini taʼminlashga, aholi va yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda barqaror ijtimoiy muhitni saqlashga xizmat qiladi.

Qadriyat mahallasida qonun ijrosi o‘rganildi

imgXalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O.Artikova mahalliy aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda hududlarda qonun ustuvorligini so‘zsiz ta'minlash borasidagi ishlar doirasida navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi. Xususan, deputat Qadriyat mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi O‘RQ-362-II-sonli “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini joyiga chiqqan holda qat’iy nazoratdan o‘tkazdi. O‘rganish jarayonida maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib chiqib ketish tizimining holati, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Qonun talablarining ijrosini ta'minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

IQBOL MAHALLASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI

imgXalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Iqbol mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Odilbek Ibrohimov bilan hamkorlikda mahalladagi barcha ko‘chalarning yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida ko‘chalarning umumiy holati, yo‘l qoplamalarining sifati, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tartibda bartaraf etish, mahalla hududidagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.

#Munosabat

imgYOSHLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIK SODIR ETGAN SHAXSLARGA NISBATAN JAZO CHORALARINI KUCHAYTIRISH Bugungi kunda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yoshlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishi — jismoniy, ruhiy, psixologik yoki boshqa shakllarda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, yosh avlodning erkin, sog‘lom va barkamol rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bunday holatlarning oldini olish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qo‘llab-quvvatlayman. Men, deputat sifatida, mazkur qonunchilik tashabbusi yoshlarni zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishidan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli ta’minlash, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligi va inson qadrini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonch bildiraman. Sattorova Dinora Jumanazarovna Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati

DEPUTAT SO‘ROV chiqarildi

imgQo‘shko‘pir tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Pirnapasovga Nezaxos mahallasi, Nonvoylar ko‘chasi 16 uyda yashovchi Nurjanova Fotima,1974-yil 21-sentabrda tug‘ilgan, 2 nafar farzandi bor  II guruh nogironi bo‘lib, mehnat qilish imkoniyati cheklangan.Bir nafar farzandi Bobojanov Dastonbek 2-guruh nogirongi sababli doimiyishlash imkoniyatiga ega emas, oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib,oilaning yashash sharoiti ham og‘ir ahvolda, xonadon ta’mirtalab holatda bo‘lib, uydagi xonalarni pol,potolok qilish, Xonadonda hammom qurish va zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun moddiy mablag‘ga ehtiyoj mavjudligi yuzasidan DEPUTATLIK SO‘ROVI chiqarildi.
02 октябр 2026

Fuqarolarning ijtimoiy-maishiy holati o‘rganildi

imgXalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z. Rahimova Bog‘zor mahallasi ijtimoiy xodimi I. Xolmaturova bilan hamkorlikda Vatanparvar ko‘chasi 87-uyda yashovchi fuqaro Matnazarova Barno Qalandarovnaning xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy holati hamda mavjud muammolari o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaroning murojaat va ehtiyojlari tinglanib, mavjud masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

Qonun ijrosi o‘rganildi

img🌐Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda Kengash deputati U. Allaberganov tomonidan fermer xo‘jaliklariga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-fevraldagi O‘RQ-903-sonli “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi o‘rganildi. O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tuproqni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qonun talablariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining ijrosini ta’minlash hamda yer va tuproq resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

DEPUTAT NAZORATI

imgIjtimoiy himoya va fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O. Artiqova "Ko‘ktom" mahallasida bo‘lib, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatda turuvchi Munisa Masharipova xonadonida o‘rganish o‘tkazdi. Suhbat jarayonida oilaning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, bandligini ta'minlash va daromad manbaini kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, oilaning tomorqadan samarali foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida imtiyozli kredit olish bo‘yicha qilgan murojaati va uning ko‘rib chiqilish jarayoni joyida o‘rganib chiqildi. Davlatimiz siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy adolat va aholini qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga muvofiq, fuqarolarning bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.