Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
Ishtixon tumanidagi 2-son politexnikumda "Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlaymiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda yurtimizda yoshlarga halollik, adolatparvarlik va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida, yosh avlodni korrupsiyaga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash maqsadida dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M. Raximov hamda J. Rasulov, shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Markaziy kengashidan vakillar, o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar ishtirok etdi.

Suhbat davomida halollik tamoyillarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishda yoshlarning faolligi muhimligi ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar tinglandi, ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Shuningdek, davra suhbatida halol va vatanparvar kadrlarni shakllantirishda ta’lim muassasalarining roli, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham fikr almashildi.

Slide 1 of 5