Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDA MUAMMOLARINI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dildora Ismoilova Oʻktamovna Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Chamanzor” mahallasida yashovchi saylovchilari bilan uchrashib, ularni oʻylantirib kelayotgan muammolarini oʻrgandi. 

Saylovchilar bilan suhbatlashilganda, Chamanzor mahallasidan oʻtgan zaxkashlarning koʻmilib qolganligi sababli aholi tomorqalariga zaxning va shoʻrlanishning oʻtib qolishi oqibatida, tomorqa ekinlari nobud boʻlayotganidan aziyat chekayotganliklarini taʼkidlab oʻtishdi. Mahalla drayveri dehqonchilik va chorvachilik ekanligi ammo aholining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda sugʻorish uchun oqar suv yetishmovchiligi muammosidan qiyinchilik va muammolarga duch kelinayotgani aholi tomonidan bayon etildi. 

Shuningdek, aholining ichimlik suvining markaziy-magistral quvurlardan mahallalarga oʻtgan ichki quvurlarining chirib-eskirib ketganligi, taʼmirtalab ahvolda ekanligi sababli aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanishida bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligini eʼtiroz etishdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi saylovchilarning sog‘ligini tiklash, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda yordam soʻrab qilgan murojaatlar deputat tomonidan eʼtiborga olindi va yechimini topish choralari ogʻzaki va deputatlik soʻrovlari orqali boshlab yuborildi. 

Slide 1 of 4