35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qonun ijrosi nazoratda

 Qonun o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Nilufar Ibragimova
tomonidan Dovud mahallasida aholi xonadonlariga o‘rnatilgan energiya
tejamkorligi tizimlaridan foydalanish holati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida Sharq gavhari ko‘chasida istiqomat qiluvchi Boltayev
Akbar xonadoniga o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash samaradorligi,
ulardan foydalanish holati hamda elektr energiyasini tejashga qo‘shayotgan
hissasi ko‘zdan kechirildi. 

Mazkur tashabbus aholining energiya resurslaridan oqilona foydalanish,
elektr energiyasini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng
foydalanish borasida olib borilayotgan davlat siyosatining amaliy ifodasi
sifatida e’tirof etildi. 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil
7-avgustdagi O‘RQ-940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va
energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan
vazifalarning ijrosi, xususan, energiya samaradorligini oshirish va aholining
energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanishini rag‘batlantirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish,
aholiga energiya tejamkor texnologiyalarning afzalliklarini keng targ‘ib qilish
hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishni yanada
kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 1