35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
MAHALLADA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan amaliy ishlar, o‘quv kurslari va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha tashkil etilgan loyihalarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi hamda yoshlar bandligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha amaliy choralarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 2