Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri va deputati A.Nosirov tomonidan fuqarolar murojaati asosida Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqarolar murojaatlari asosida Qo‘qon shahridagi 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bayon etilgan. O‘rganish davomida muassasa binosining tom qismi ta’mirtalab holatda ekani, yog‘ingarchilik vaqtida tomdan suv o‘tishi natijasida yuqori qavatdagi xonalarga zarar yetayotgani aniqlangan.

Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotlardan 29-sonli MTT tom qismini ta’mirlash bo‘yicha qanday amaliy ishlar amalga oshirilayotgani, ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda belgilangan muddatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Deputatlik so‘rovi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yuborilgan bo‘lib, unda murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan belgilangan muddatda rasmiy javob taqdim etish ham talab etilgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘rovi ijrosi va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar muntazam ravishda yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1