35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
HUDUDDAGI QAROVSIZ SPORT MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan saylov okrugi hududida aholi murojaatlari asosida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida avval futbol maydoni sifatida foydalanilgan sport maydonchasining bugungi kundagi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur maydon uzoq vaqt davomida qarovsiz qolib ketgani, hudud obodonlashtirish va tartibga keltirishga muhtoj ekani aniqlandi.

Deputat tomonidan ushbu hududni qayta obodonlashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda uni aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay va xavfsiz maskanga aylantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda hududni tartibga keltirish va sport maydonchasini qayta tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

Aholi uchun munosib sharoit yaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mahallalarda sport infratuzilmasini yaxshilash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4