35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
“ELEKTR ENERGETIKASI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI

 “ELEKTR ENERGETIKASI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan Quva
tuman elektr tarmoqlari korxonasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil
7-avgustda qabul qilingan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-son
Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
 

Tadbirda Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar guruhi
a’zosi J.Abdurashidov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov ishtirok etdi.
 

Targ‘ibot davomida qonunning asosiy maqsadi va vazifalari, elektr
energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iste’molchilar hamda
elektr ta’minoti korxonalarining huquq va majburiyatlari, elektr energiyasidan
oqilona va samarali foydalanish, energiya resurslarini tejash hamda sohada
xavfsizlik talablariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil
tushuntirishlar berildi.
 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining qonun yuzasidan fikr va takliflari tinglanib,
ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar
berildi.
 

   

Slide 1 of 2