35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

#24_ta_muhim_masala #kotibiyat_mudiri #saylovchilar_bilan_uchrashuv
🖥SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

✔️ Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati Farruxbek Abdusalomov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shuhratjon Rahimov tomonidan Konchilar mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar va takliflar tinglanib, aholi murojaatlari mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Xususan, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Murojaatlarning bir qismi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

✔️Uchrashuvda saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqotni davom ettirish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarga amaliy yechim topish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini yanada oshirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Slide 1 of 2