35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Tuman Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

#kotibiyat_mudiri #kengash_qarori_ijrosi
🖥Tuman Kengashi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

✔️Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati mudiri Shuhratjon Rahimov hamda hudud deputati Farruxbek Abdusalomov tomonidan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining qarori ijrosi yuzasidan Konchilar mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichki ko‘chalar va xo‘jalik yo‘llarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, bajarilgan ishlarning sifati hamda belgilangan loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Konchilar mahallasining Sadaf ko‘chasida belgilangan reja asosida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari to‘liq yakunlangani, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar sifatli amalga oshirilgani aniqlandi. Mazkur ishlar hudud aholisining transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

✔️Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari sifatini o‘rganish hamda fuqarolar uchun qulay infratuzilmani yaratishga qaratilgan monitoring tadbirlari izchil davom ettiriladi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3