Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi B.Tursunov faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi va 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor E.Mamarizayevaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Shuningdek, tadbirkorga savdo faoliyatini tashkil etish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3