Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalladagi qurilish ishlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga "Noib ko‘prigi" saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hududdagi mavjud muammolar va fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Bekbo‘tabek ko‘chasi ko‘cha boshisi, Bekbo‘tabek ko‘chasi 131-uyda yashovchi Sherqo‘ziyev Raxmatjon bilan uchrashilib, mahallada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘cha boshisi tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan Bekbo‘tabek ko‘chasi 137-uyda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari belgilangan standartlar hamda qurilish me’yorlari asosida amalga oshirilmayotgani yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur holat sifatli va xavfsiz qurilish ishlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan alohida e’tibor talab qilishi qayd etildi.

Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, qurilish-ta’mirlash ishlarining amaldagi me’yoriy talablarga muvofiqligini o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6