Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
📍 Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish — muammolarni joyida hal etishning eng samarali yo‘li

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omangaldiyevich o‘z saylov okruglarida mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
O‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalardan biri suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ekani aniqlandi. Fuqarolar tomonidan mazkur masala yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.
Muammoni joyida o‘rganish va unga yechim topish maqsadida kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda deputat M. Kariyev “HUDUDGAZTA’MINOT” AJning “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali Shovot gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rganish olib bordilar.
O‘rganish davomida shoxobchada aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash ishlari uzluksiz olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda gaz hajmining vaqtinchalik kamayishi kuzatilgan bo‘lib, yaqin kunlarda ta’minot to‘liq me’yoriga qaytishi kutilmoqda.
Deputatlar tomonidan mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aholini barqaror suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 8