Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Raximov” mahallasining ichki yo‘llarida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari sifati o‘rganildi.

Jarayonda asfalt yotqizishdan oldin amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, xususan, yo‘l asosini tekislash va mustahkamlash, shag‘al qatlamini yotqizish, suv qochirish tizimlarining holati hamda yo‘lning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydigan muhandislik yechimlari tahlil qilindi. Shuningdek, asfalt qoplamasining qalinligi, tekisligi va sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat mahalla faollari va aholi bilan suhbatlashib, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini tingladi. Fuqarolar ko‘p yillar davomida ta’mirtalab holatga kelib qolgan ko‘chalarning asfaltlashtirilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirish bilan birga, ayrim ichki ko‘chalarni ham navbatma-navbat ta’mirlash, yo‘l chetlarini tartibga keltirish, yomg‘ir suvlarini chiqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflarini ilgari surdilar.

Slide 1 of 2