Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-"Chashma" saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi "Chashma" MFYda joylashgan "So‘qoq madaniyat markazi" faoliyati jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida madaniyat markazi rahbari E.Ergashov hamda an’anaviy xonandachilik to‘garagi rahbari A. Qosimjonov bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida markazda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar,ularga jalb qilingan o‘quvchilar soni, yoshlar va xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy
xizmatlar sifati muhokama qilindi.Shuningdek, markazning moddiy-texnik bazasi, binoning umumiy holati, sahna jihozlari va mavjud anjomlar ko‘zdan kechirildi.O‘rganish davomida madaniyat muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda to‘garaklar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan hududlardagi madaniyat muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 4