Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.

📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar sarmisoli hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ko‘rilgan choralar ochiqlandi:

✍️ Murojaatlar nazoratda: O‘tgan 6 oy davomida saylovchilardan kelib tushgan murojaatning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qiladigan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, ijrosi ta’minlandi.

🛣️ Infratuzilma va obodonlashtirish: Okrug hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi.

💼 Bandlik va ijtimoiy ko‘mak: “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimi doirasida aholini ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.

☀️ “Dolzarb 90 kun”: Yozgi mavsumda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida qayd etildi.

💬 Uchrashuv qizg‘in savol-javob va muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan yangi taklif va muammolar deputat tomonidan nazoratga olinib, chora-tadbirlar rejasiga kiritildi.

Bizning bosh maqsadimiz — saylovchilar ishonchini oqlash va har bir murojaat ortida turgan inson taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashdir. 

Slide 1 of 3