Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#ekspert_guruhi #qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #tavsiyalar #dolzarb_90_kun
#ekspert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#tavsiyalar
#dolzarb_90_kun

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan hududdagi Madaniyat markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan rasm chizish to‘garagi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida to‘garak mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tasviriy san’atga qiziqayotgan o‘quvchilarning ijodiy ishlari, mashg‘ulotlarning sifati hamda yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, to‘garak faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning iste’dod va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hudud deputati S. Xamrayev hamda deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlovchi mas’ul mutaxassis Z. Temirova tomonidan nazoratga olinib, tashkiliy jihatdan ta’minlab borilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash