Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev deputatning saylov okrugi hududidagi "Mustaqillik" mahallasiga tashrif buyurib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

Tashrif davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ–407-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida mahallada qonun talablarining amaliy ijrosi, profilaktika inspektori va mahalla faollari hamkorligi, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2