Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taklif etilayotgan masalalar e’lon qilinmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, mahallalarni obodonlashtirish, kommunal sohani rivojlantirish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid bir qator masalalarni kiritish taklif etilmoqda.

Sessiya davomida muhokama etilishi rejalashtirilgan masalalar shaharimizni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Qo‘qon shahri fuqarolaridan mazkur masalalar yuzasidan o‘zlarining takliflari, murojaatlari, fikr va mulohazalarini saylov okrugidan saylangan deputatlar yoki Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etishlarini so‘raymiz.

Sizning har bir taklifingiz va tashabbusingiz sessiya muhokamalarini yanada mazmunli tashkil etish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Murojaatlar uchun telefon: +998 73 542 34 66
Manzil: Qo'qon shahar, Turon ko'chasi 2-uy

Saylovchilar va deputatlar o‘rtasidagi ochiq muloqot hamda samarali hamkorlik – Qo‘qon shahrining barqaror taraqqiyoti va farovon kelajagining muhim omilidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi