Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Qo‘qon shahar Ayollar reabilitatsiya markazida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida markaz tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish, ularga huquqiy, psixologik, tibbiy hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonun talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.

Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, Qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5