Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi hamda murojaatda ko‘rsatilgan holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro M.Mamadaliyev Qo‘qon shahri Abu Toib Xo‘qandiy ko‘chasi 84-uy, 36-xonadonda istiqomat qiladi hamda 10-oilaviy poliklinikada dispanser nazoratida turadi.

Fuqaro mutaxassis shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, unga zarur davolash muolajalari belgilandi. Shuningdek, poliklinika tomonidan davolanish jarayoni uchun kerakli dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi va uning sog‘lig‘i doimiy tibbiy nazoratga olindi.

O‘rganish jarayonida murojaat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan holatlar ham tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar bo‘yicha 10-oilaviy poliklinika xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va fuqarolar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirish yuzasidan qayta tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan hamda kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, fuqaroning salomatligi hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2