Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Yoshlar tashabbuslari – Kengash e’tiborida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari uchun seminar tashkil etildi.

📚 Seminar davomida yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi o‘rni, tashabbuskorligi hamda Kengash faoliyatidagi ishtirokini yanada faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Seminar davomida quyidagi masalalar atroflicha tushuntirildi:
🔹 yoshlarning taklif va muammolarini tizimli ravishda o‘rganish;
🔹 aniqlangan masalalarni Xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga olib chiqish;
🔹 yoshlarga oid qarorlar va tashabbuslar muhokamasida faol ishtirok etish;
🔹 deputatlar bilan birgalikda hududlarga chiqib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish;
🔹 yoshlarning fikr va takliflarini Kengashga yetkazish mexanizmlaridan samarali foydalanish.

💬 Shuningdek, guruh a’zolariga kelgusidagi faoliyatni samarali tashkil etish, hududlarda yoshlar bilan yaqindan ishlash hamda ularning muammolarini o‘rganishda mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🌱 Yoshlar maslahat guruhi — bu shunchaki maslahat beruvchi tuzilma emas, balki yoshlarning tashabbuslari va muammolarini mahalliy Kengashga yetkazishda muhim jamoatchilik maydonidir.

🤝 Yoshlar faol bo‘lsa, hudud rivojlanadi. Yoshlarning fikri eshitilsa, qabul qilinayotgan qarorlarning sifati yanada oshadi.

Slide 1 of 2