Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Feruza Mardonovna Fayziyeva xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan G‘alaba shah ko‘chasi, 117-uy oldi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda joylashgan quduq qopqog‘i noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani aniqlanib, natijada ochiq qolgan joy atrofida fuqarolar xavfsizligiga tahdid soluvchi holat yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hududdan muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan elektr yoki aloqa kabellari o‘tganligi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan hududni muhofaza qilish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda muhandislik tarmoqlariga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Hozirda aniqlangan kamchilikni bartaraf etish hamda tegishli himoya qoplamasini qayta o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida hududlarda nazoratni kuchaytirish va muhandislik infratuzilmasi elementlarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3