Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Tumandagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida yozgi ta’til davrida yoshlarni sport, madaniyat, tadbirkorlik, kasb-hunar va innovatsion loyihalarga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi.
Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, uni Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 5