Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan ochiq fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda huquqiy bilimlarini mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qator taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

M.Kamolova tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda bildirilgan murojaat va takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3