Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 16-«Paxtakor» saylov okrugidan saylangan deputati A.Xayrullayev tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ichki ko‘cha yo‘llari hamda ko‘p qavatli uylarning podyezdlari holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ichki yo‘llarning bugungi holati, ularning ta’mirtalab qismlari, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, ko‘p qavatli uylar podyezdlarining sanitariya-gigiyena holati, ta’mirtalab joylari va obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda taklif va mulohazalar tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, podyezdlarni tartibga keltirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

✅Aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarda qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3