Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘inining Gulshan ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori asosida ekin maydonlarini sug‘orish maqsadida qazilgan suv qudug‘i hamda unga o‘rnatilgan 100 kVA quvvatdagi transformator faoliyati ko‘zdan kechirildi.

⚡️ Aniqlanishicha, ayni paytda mazkur transformatordan Gulshan ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ham foydalanmoqda. Shu bilan birga, ekin maydonlarini sug‘orish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hisob-kitoblarida ortiqcha yuklama va qo‘shimcha xarajatlar yuzaga kelayotgani sababli, fuqarolar tomonidan transformatorni belgilangan tartibda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi balansiga o‘tkazish yuzasidan murojaat bildirildi.

📝 Bildirilgan murojaatlar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha yuritish" daftariga belgilangan tartibda qayd etildi hamda ularni qonunchilik asosida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6