Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida mahallada Ayollar daftarining 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
📊 Ma’lum qilinishicha, Ayollar daftari 7-bosqichi doirasida jami 103 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingan. Jumladan:
🔹 22 nafar – ish bilan ta’minlashga muhtoj;
🔹 2 nafar – tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida;
🔹 1 nafar – tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida;
🔹 1 nafar – uy-joyini ta’mirlashga muhtoj;
🔹 41 nafar – ruhiy holatini yaxshilashga muhtoj;
🔹 2 nafar – davolanishga muhtoj;
🔹 34 nafar – huquqiy yordamga muhtoj.
🤝 O‘rganish jarayonida har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, murojaatlarning ijrosi hamda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Hozirga qadar jami 31 nafar xotin-qizga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.
✅ Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7